Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {telba}
So‘z bo‘g‘inlari: tel-ba
Izoh(lar)i:
telba sf

1. 1. Aqldan ozgan, devona, jinni. U betlari yumdalangan, oppoq sochlari yulingan bu telba xotinni o‘zining qirq yillik umr yo‘ldoshiga o‘xshata olmadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Osiyajon qah-qah urib kulib yubordi, hamma, qiz telba bo‘lgan, deb unga qaradi. J. Sharipov, Xorazm

2. 2. Biror narsaga, kimsaga ortiq darajada berilgan; savdoyi, shaydoyi. Faqir ham shu fikrning telba bandasidir. Oybek, Navoiy

3. 3. Telbaga xos, telbalikni aks ettiruv-chi; ma’nosiz. Telba ko‘zlari bilan Bektemirga boqdi-da, ukasining qonli miltig‘ini changalladi va shamolday uchib, Bektemirdan ham o‘zib ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas
Siz mening telba so‘zlarimdan achchig‘lanmang. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. ko‘chma poet. et. Jilovlanmagan, asov, quturgan. Telba daryo. Telba to‘lqinlar. Jo‘sh urib, qirg‘og‘ini Ho‘plar edi telba soy. G‘ayratiy
Telba shamol quturib hamla qildi. Avaylab o‘stirilayotgan nihollarni ildizi bilan qo‘porib ketdi. A. Nabixo‘jayev, Mandat
Xorazmda Amuni ko‘pdan Telba daryo deb atashadi. E. Rahim

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ahmoq [a], jinni [a], tentak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Jinni – telba – devona
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.