Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sodda}
So‘z bo‘g‘inlari: sod-da
Izoh(lar)i:
sodda sf

1. 1. Tuzilishi, tarkibi jihatidan murakkab bo‘lmagan, oddiy. Sodda mexanizm. Kimyoviy sodda moddalar.

2. 2. Yechilishi oson, yengil, jo‘n. Sodda masala. Teshaboyning hisobi sodda: birga — o‘n! M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. 3. Tushunilishi oson, ravon. Maqola ommabop, ravon va sodda tilda yozilgan edi. F. Musajonov, Hikmat
Marshal aslida so‘z qidirmasdan, sodda va aniq iboralar bilan gapirsa-da, bu so‘zlarni ohista talaffuz etardi. Gazetadan

4. 4. Ortiqcha bezagi yo‘q, juda ham oddiy. Sodda uy. Soddagina chodirda yolg‘iz yashagan Navoiy dilgir, sertashvish edi. Oybek, Navoiy
[Kumush] shu soddagina yasanishdan so‘ng ikkinchi tokchada tirog‘lik turgan ko‘zgu yoniga bordi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. 5. Ortiqcha takalluf yoki quvlik-shumlikni bilmaydigan; oddiy, kamtar, soddadil. Sodda odam. Sherali bu sodda, samimiy qizning bolalarcha xatti-harakatini ko‘rib, taajjublandi. S. Karomatov, Oltin qum
Sodda xotin erining kuyib-pishib aytgan bu gaplariga astoydil ishondi. Sirni birovga aytmaslikka va’da berdi. S. Ahmad, Saylanma
Noyib kuldi: — Soddasan, Akbarali! Podsholik hamma vaqt yurtning obro‘li odamlarini himoya qiladi. Obro‘ davlat bilan topiladi, muni bilasan. Cho‘lpon, Kecha va kunduz

6. 6. Go‘l, laqma. Sodda siri — tilida, pismiq saqlar dilida. Maqol
Men sodda shuning gapiga ishonib o‘tiribman. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

7. 7. Soddalarcha qilingan, yuzaki. Elmurod Tojiboyning sodda va beg‘ubor mulohazasidan zavqlanib kuldi. P. Tursun, O‘qituvchi

Sinonim(lar)i: ibtidoiy [a], oddiy [a], jo‘n
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. sodda dil: ishonuvchan, jo‘n

2. sodda dillik bilan: jo‘nlik, ishonuvchanlik oqibatida

1. Jo‘n – sodda – murakkab
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkib tuzilishining darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.