1. Odatdagi, har vaqt bo‘lib, uchrab turadigan, o‘rganish bo‘lib qolgan.
Yusufbek hoji bekning uylanishini ham oddiy gaplar qatorida eshitib o‘tkazdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. Anglashilishi, hal etilishi oson, uncha murakkab bo‘lmagan; oson, jo‘n.
Naynov oddiy narsaga ham aqli yetmagani alam qilib, yana sigaretaga yopishdi.
F. Musajonov, Himmat
3. Ko‘p qatoridagi, boshqalardan alohida ajralib turmaydigan.
Bir vaqt o‘rtaga sochlari o‘sgan, o‘ziga ortiqcha e’tibor qilmay, oddiygina kiyingan bir yosh shoir chiqib, muhabbat haqida she’r o‘qiy boshladi.
Shukrullo, Saylanma
4. Sifat jihatidan aytarli yaxshi emas; jo‘n; sodda, hashamdor emas.
Salim akaning tepalikdagi uyi oddiy qishloq uylaridan bo‘lib, tashqaridan to‘g‘ri uyga kirilardi.
Yoshlik
5. Oddiy odam. Kamtar, kamsuqum, odmi.
6. Shunchaki, nomiga.
Bir haftadan keyin qiz Jamolzodaning ustaxonasiga tashrif buyurdi. U Ko‘kko‘l tongini ko‘rib, og‘zi ochilib qoldi. O‘shanda ko‘rgani hozirgi polotnoning oldida oddiy ermak edi.
Yoshlik