1. Past navli, sifati past, sifatsiz.
dedi ikkilanib,— jo‘nroq adrasdan ol-chi!
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. ko‘chmaImtiyozli tabaqaga mansub bo‘lmagan; oddiy, sodda.
[Yusufbek hoji:] Jo‘n odamlar qatorida odam o‘ldirib yurdim, degin?! — dedi. — Jo‘n odamlar qatorida emas, — dedi [Otabek], — majburlar qatorida, zo‘rlanganlar qatorida!
A. Qodiriy, O‘tgan kunla
3. Past saviyali, bo‘sh, zaif.
Ayrim matbuot organlari ilg‘orlar tajribasini yuzaki, jo‘n yozmoqdalar.
Gazetadan
4. Uncha murakkab va qiyin bo‘lmagan; oson, yengil.
Ishning bu yog‘i jo‘n ko‘chdi.
H. G‘ulom, Toshkentliklar
5. rvsh. vzf.Bekor, shunchaki; bekorchilikka ermak qilib.
Saidiy bunday qilolmadi, chunki o‘qish emas, kitobni jo‘n varaqlash ham uni toliqtirar edi.
A. Qahhor, Sarob
6. 3-sh. egalik va j. k., ch. k. qo‘shimchalari bilan ko‘m. vzf. qo‘llanadi (jo‘niday).
Tafsilotlar jo‘niga so‘zi izohida keltirilgan.
gazetadan