Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ayyor}
So‘z bo‘g‘inlari: ay-yor
Izoh(lar)i:
ayyor [ay-yor ]

1. Makr-hiylaga usta; mug‘ambir, firibgar. Mirzakarimboy ilonning yog‘ini yalagan odam: hamma boylar kabi ayyor Oybek, Tanlangan asarlar

2. Makr-hiyla ifodasi bo‘lgan; makkorona. Bek ayyor ko‘zlarini Razzoqqa qaratdi. H. G‘ulom, Mash’al

3. O‘zbek xalq dostonlarida: hiylagar; ayg‘oqchi. Shu orada Alpomish Qalmoqshohning ayyorlarini o‘tda kuydirib yubordi. Alpomish

Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.