Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ibtidoiy}
So‘z bo‘g‘inlari: ib-ti-do-iy
Izoh(lar)i:
ibtidoiy [ib-ti-do-iy ]

1. Kishilik tarixining eng qadimgi, dastlabki davriga oid, sinfiy jamiyatdan oldingi. Zero, ibtidoiy jamiyatdan tortib hozirgi jamiyat bosqichiga qadar bo‘lgan davrlar odam mehnati samarasi N. Safarov, Olovli izlar

2. Boshlang‘ich, dastlabki. Ibtidoiy maktab (esk.).◆Shu oddiy bir kishi(ni), ibtidoiy maktabning muallimini, Abbosxondan tortib Muhammadjon domlagacha izzat qiladilar. A. Qahhor, Sarob

3. Oddiy, elementar. Mulla Shohning adabiyot bilan mashg‘uloti juda sodda va ibtidoiy edi. S. Ayniy, Esdaliklar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: sodda [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.