1. Qattiq gap-so‘zdan eshitiladigan, shuningdek, turli harakat, hodisalar tufayli yuzaga kelib, qo‘shilib ketadigan tovushlar.
— Oqlaymiz! Oqlaymiz! — choyxonani ishchilarning shovqini bosib ketdi.
I. Rahim, Chin muhabbat
2. Baland ovoz bilan bo‘layotgan janjal, to‘polon; shovqin-suron.
— Hay, bu nima shov-qin? — kampir ko‘cha tomonga quloq soldi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. Odam organizmiga salbiy ta’sir etadigan va uning ishlashiga, dam olishiga xalaqit beradigan begona tovushlar majmui.
4. Og‘iz bo‘shlig‘ida un ishtirokisiz hosil bo‘ladigan tovush.
Faqat shovqindan hosil bo‘lgan k, p, s, t, f, sh, ch, q, x, s, h tovushlari jarangsiz undosh tovushlardir.
O‘zbek tili darsligi