Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shovqin-suron}
So‘z bo‘g‘inlari: shov-qin--su-ron
Izoh(lar)i:
shovqin-suron [shov-qin-su-ron ]

1. Kuchli darajadagi shovqin. Shovqin-suron ko‘tarmoq. Vagonlarning quloqlarni qomatga keltiruvchi ovozlari borgan sari uzoqlashib, nihoyat, shovqin-suron tindi. N. Safarov, Saodatning qissasi

2. Shunday tovushlar bilan bo‘layotgan janjal-to‘polon. Mavlon aka arava minib uyiga qaytib kelganda, shovqin-suronning ustidan chiqib qoldi. H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: shovqin
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Shovqin – shovqin-suron – suron – shov-shuv – g‘ovur – g‘avg‘o – g‘ala-g‘ovir – qiy-chuv – dod-voy – ayyu-hannos
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.