Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {g‘ovur}
So‘z bo‘g‘inlari: g‘o-vur
Izoh(lar)i:
g‘ovur ot

1. Turli tartibsiz ovozlar, shovqin-suron: g‘ovg‘a. Yig‘ilganlar orasida g‘ovur boshlandi. Erkak kishining asabiy tovushi xotinnikiga qo‘shildi; g‘ovur ko‘tarildi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
Ahmadjonning Ko‘zi oldiga goh Nusrat, goh Zulfiya, goh Latofat kelib, unga allanarsalar deyotganday bo‘lar, ularga odamlar g‘ovuri qo‘shilib, katta chayqov bozorida yurganday boshi g‘uvullab ketdi. S. Karomatov, Hijron
Zoriy irg‘ib turib, yer tepindi, g‘ovurda uning g‘o‘ldiragani eshitilmadi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: shovqin
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Shovqin – shovqin-suron – suron – shov-shuv – g‘ovur – g‘avg‘o – g‘ala-g‘ovir – qiy-chuv – dod-voy – ayyu-hannos
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.