Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shov-shuv}
So‘z bo‘g‘inlari: shov--shuv
Izoh(lar)i:
shov-shuv [shov-shuv ]

1. Shov va shunga yaqin tovushni bildiradi. Novdan oqib tushayotgan suvning shov-shuvi dilrabo nag‘malarday yoqib ketdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi

2. G‘ala-g‘ovur, shovur-shuvur, shovqin. Ular vokzalning oldida qator tizilib turgan Pobedalarning biriga o‘tirib, shaharning shov-shuvga to‘la gavjum ko‘chalaridan uchib ketdilar. O. Yoqubov, Ota

3. Mish-mish gap, ovoza. Bu voqea haqida shov-shuvlar yuribdi. Shov-shuv gap tarqatmoq.◆Domla o‘ylanib qoldi-da, anchadan keyin dedi: — Qishloqda shunday shov-shuv bor emishmi? A. Qahhor, Sarob

4. Biror hodisa, kimsa yoki narsaga o‘ta qiziqish tufayli yuz beradigan qizg‘in muhokama, munozara, har xil gap-so‘z. Sultonova zvenosining bu g‘alabasi katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: shovqin
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Shovqin – shovqin-suron – suron – shov-shuv – g‘ovur – g‘avg‘o – g‘ala-g‘ovir – qiy-chuv – dod-voy – ayyu-hannos
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.