1. 1. Kuchli shovqin, g‘ovur-g‘uvur, shov-shuv. Bobur umrining so‘nggi yillarida saroydagi xushchaqchaq suron bilan to‘la bazm-u tomoshalardan sovigan edi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi Suron tinib, hamma yana joyiga o‘tirib bo‘lgach, Oshno hech gap aytmaganday, voha rahbariga yuzlandi-da, jo‘ngina so‘radi M. M. Do‘st, Lolazor
2. harb. rb. Qo‘shinlarning jang maydonida bir-biriga qarama-qarshi turgan yoki hujum vaqtidagi askarlar hayqirig‘i.
3. ko‘chma hma Katta qiyinchilik, azob, mashaqqat. Suronlar yo‘limda turibdi kutib, O‘zing qo‘lla endi meni, onajon. A. Oripov, Yillar armoni Balki, o‘z nabiralari quchog‘ida osuda hayot kechirayotgandir? Har urush suronlari yodga tushganda, yurakda bir og‘riq bilan sizlarni eslar? Sharq yulduzi
1. Shovqin – shovqin-suron – suron – shov-shuv – g‘ovur – g‘avg‘o – g‘ala-g‘ovir – qiy-chuv – dod-voy – ayyu-hannos Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)