Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qiy-chuv}
So‘z bo‘g‘inlari: qiy--chuv
Izoh(lar)i:
qiy-chuv ot

1. 1. Tartibsiz qattiq ovozlar, baqiriq-chaqiriqlar; chuvvos. Qiy-chuv, chag‘ir-chug‘ur quloqni kar qiladi. Qizdirilgan chirmandalar havoni yangratadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Onaxon qiy-chuv qilib, suv sachratib o‘ynayotgan bolalarga yana qaradi. A. Muxtor, Opa-singillar
Qarsak ustiga qarsak bo‘ldi, qiy-chuv ko‘tarildi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari

2. 2. Tartibsiz yig‘i-sig‘i ovozlari; uvvos. Ayollarning aza tutgandagi qiy-chuvi, bola tuqqandagi fig‘onlari eshitilib turadigan pastak uylar kambag‘al-qashshoqlarning boshpanalari edi. P. Tursun, O‘qituvchi
Atrofni qiy-chuv, g‘ala-g‘ovur bosdi. S. Siyoyev, Avaz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: shovqin
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Shovqin – shovqin-suron – suron – shov-shuv – g‘ovur – g‘avg‘o – g‘ala-g‘ovir – qiy-chuv – dod-voy – ayyu-hannos
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.