1. 1. Muomalasi qo‘pol, yoqimsiz, qo‘rs. Tund, kamgap, keksa jarroh har bir so‘zni o‘lchaganday, ohista tushuntira boshladi. Oybek, Navoiy Karimjon, Manzura o‘ylagandek, tund emas ekan. U shunday qiziq gaplarni topib gapirardiki, uning so‘zamolligiga Manzura qoyil qoldi. Habibullo, G‘uncha Eson ustol [stol] yoniga borish bilan Saidiyning tund gapini eshitmagan, Saidiyni ko‘rmagan bo‘ldi. A. Qahhor, Sarob
2. 2. Ko‘rinishi, chehrasi sovuq, qiyofasi yoqimsiz. Tund bashara. ▬ Eshik og‘a ikki bukilib ta’zim qilar ekan, yuzi tund ko‘rindi. P. Qodirov, Bobur Ikki kunchadan beri tund bo‘lib yurgan Yigitalining ko‘ngli yorishib ketganday bo‘ldi. D. Nuriy, Osmon ustuni Ertalab havo tund, osmonni past tushgan bulutlar qoplab olgan. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
1. ko‘zum ustunda yeri bor: -
2. yumshoq to‘shakdan issiq kul ustunda qolmoq: -
1. Qo‘pol – dag‘al – qurs – to‘ng – tund Bo‘yog‘iga ko‘ra (ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)