1. 1. Yoshi teng yoki yaqin bo‘lib, o‘zaro yaxshi aloqada bo‘lgan tengdoshlar (bir-biriga nisbatan); birga o‘sgan; tengdosh, do‘st, oshna.
Ukamning o‘rtog‘i. Qalin o‘rtoq.
▬
Xayr, onajon! Mening uchun buvimni quchoqlab qo‘ying, o‘rtoqlarimga salom ayting!
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Hatto tumsayib o‘tirgan Asrora ham beixtiyor chapak chalar, o‘rtog‘ining husn-u latofatiga mahliyo edi.
S. Ahmad, Ufq
Shu xotinning o‘rtog‘i bor edi. Yaxshi jonon
Oybek, Tanlangan asarlar
Bugun stipendiya olishgani uchun ikki o‘rtoq qo‘lbola osh qilishmoqchi edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. 2. Dunyoqarashi, faoliyati, yashash sharoiti va shu kabilar jihatidan bir, g‘oyaviy jihatdan yaqin kishi; hamfikr, hamg‘oya.
Qudrat hokimning qon to‘lib ketgan ko‘zlaridan yashirinmadi, aksincha, o‘rtoqlari bilan guzarda yarim kechagacha jilmay o‘tirdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Eski o‘rtoqlaringdan ayrilgansan, yangi o‘rtoq orttirolmading.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
3. rasm. sm. Kishilarga murojaatda, odatda ularning familiyasi, kasbi, unvoni va shu kabilar bildiruvchi so‘zga qo‘shib ishlatiladi.
O‘rtoq direktor. O‘rtoq mayor.
▬
Qani, o‘rtoq bemor, oyoqlaringizni uzating-chi.
S. Karomatov, Oltin qum
Ro‘zimat sahnadan chiqib ketdi-yu, hayal o‘tmay zalda paydo bo‘ldi va Kanizakning oldiga kelib, qulog‘iga sekin: — O‘rtoq Ahmedov yo‘qlayotibdilar, — dedi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.
4. s. t. ayn. yn. Turmush o‘rtog‘i; er yoki xotin, rafiq yoki rafiqa.
Halimaxon, o‘rtog‘ingiz qayerda ishlaydilar? Erkaklar ham ro‘zg‘or ishini yaxshi bilishi, o‘rtog‘iga yaqindan yordam berishi kerak.
Gazetadan
5. 5. Biror ish-faoliyatda birga bo‘luvchi, biror narsani baham ko‘ruvchi; sherik.
Oshga o‘rtoq — boshga to‘qmoq.
Matal
Dam bo‘laman oltin quyosh Husniga o‘rtoq. Dam teraman etak-etak Gullar: pushti, oq.
G‘ayratiy