Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ulfat}
So‘z bo‘g‘inlari: ul-fat
Izoh(lar)i:
ulfat [ul-fat ]

1. Suhbat, ziyofat va shu kabilarda doimiy birga bo‘ladigan kishilar birligi, shunday kishilardan iborat bo‘ladigan yig‘in; ulfatchilik Mirza sariq qo‘shilgan ulfatdan tezda qutulib chiqish oson bo‘lmaydi. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

2. Shunday yig‘in, ulfatchilikning har bir qatnashchisi, a’zosi (boshqalariga nisbatan); jo‘ra. Qishning uzun tunlari bu yerda ulfatlar gap yeyishadi. P. Tursun, O‘qituvchi

3. Umuman, suhbat, ziyofat va shu kabilar uchun to‘plangan (ikki va undan ortiq) shaxslar, ulardan har biri (bir-biriga nisbatan). Boltavoyning yallasiga quloq soladigan ulfatlar choyxonani tark etib, urushga ketgan. S. Ahmad, Qadrdon dalalar

4. Ulfati. Xo‘jayin juda ulfat, dilkash odam chiqib qoldi. Men ishlayman, u bo‘lsa choy quyib berib o‘tiradi. N. Safarov, Olovli izlar

5. Doim birga bo‘luvchi narsa; sherik. Bir qalam, oppoq qog‘oz birlan siyoh-don ulfatim. S. Abdulla

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: o‘rtoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. G‘am – tashvish – qayg‘u – kulfat – musibat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. O‘rtoq – do‘st – og‘ayni – oshna – jo‘ra – ulfat – birodar – hamdam – tomir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.