Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oshna}
So‘z bo‘g‘inlari: osh-na
Izoh(lar)i:
oshna ot

1. 1. Tanish, tanish-bilish. Bir ko‘rgan oshna, Ikki ko‘rgan qarindosh. Maqol
Norbo‘taning qizi doktorlikka o‘qiydi, mingta oshnasi bor desang-chi! A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin

2. 2. O‘rtoq, do‘st. Pul oshnasi oshna bo‘lmas, po‘kakdan poshna bo‘lmas. Maqol
O‘rmon-jonning otasi Omon aka Sidiqjonning otasi Sohibjon aka bilan juda qalin o‘rtoq edi; ikki oshna o‘lib ketgandan keyin, Yormonjon bilan Sidiqjon chinakam aka-ukaday bo‘lib qolishgan edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Ahmad Husayn Iskandarov oldiga borib kelib, qalin oshna bo‘ldi. Oybek, Nur qidirib

3. 3. O‘z tengqurlariga nisbatan murojaat shakli.

4. 4. Ilgaridan ma’lum, tanish. O‘sh tog‘lari, qo‘rqinch jarlari, jilg‘alari, adirlari — barchasi bizga ko‘pdan oshna. Mirtemir, Asarlar
Safargaldiga bu qumlar chaqaloq vaqtidan oshna. Qoraqumda uning kindik qoni to‘kilgan. J. Sharipov, Xorazm

5. 5. Xabardor; biladigan. Anvar yaxshigina forsixon va bir daraja arab tiliga oshna edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Meningcha, mashinaning illati to‘g‘risida gapirib yuruvchilar texnikaga oshna bo‘lmagan kishilar bo‘lsa kerak. M. Jo‘ra, Quyoshdan nur emganlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: do‘st [f-t], o‘rtoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. O‘rtoq – do‘st – og‘ayni – oshna – jo‘ra – ulfat – birodar – hamdam – tomir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.