1. zid. id. Qarashlari, dili, ish faoliyati yaqin bo‘lgan, inoqlik, ahillik bilan bog‘langan ikki yoki undan ortiq kishining har biri; o‘rtoq. dushman.
Qadrdon do‘st. Chin do‘st. Qiyomatli do‘st. Vafodor do‘st. O‘z do‘stim deb sir aytma, do‘stingning ham do‘sti bor.
Maqol
Do‘st safarda bilinadi, Og‘a-ini — kulfatda.
Maqol
Do‘st qidir, do‘st top jahonda, Do‘st yuz ming bo‘lsa, oz.
E. Vohidov, Muhabbat
2. 2. Yaqin, tanish, oshno.
Mana bu do‘stim bilan men daryodan o‘tolmay qoldik. Shu yaqindagi qishloqqa non so‘rab bordik.
I. Raxim, Chin muhabbat
O‘rta Osiyo xalqlari: o‘zbek, tojik, turkman, qirg‘iz, qoraqalpoq va qozoqlar bir-biri bilan inoq va do‘st bo‘lib yashaganlar.
Gazetadan
3. 3. Murojaat qilish shakli.
Xo‘sh, taqsir, nega xomushsiz? — E, aziz do‘stim, sal qiynalibroq qoldim.
N. Safarov, Hayot maktabi
4. 4. Diniy tasavvufda: Alloho, ey xudo.
Har zamon yaqin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi: Hey do‘st, shaydullo, banomi ollo, sadaqa raddi balo, baqavli rasuli xudo. A.
Qahhor, Bemor
5. und. s. [o‘ — cho‘ziq] Tasanno, ofarin ma’nolarini bildiradi.
Do‘st, kam bo‘lmang! Bog‘larni qoplaydi zavq-u shavq, qarsak, Keksalar og‘zida: “Do‘st!, Barakallo!.
Uyg‘un, Tong qo‘shig‘i