1. Aka yoki uka; og‘a yoki ini. Boysunqur mirzo o‘z qobiliyati, o‘tkir zehni, ishbilarmonligi bilan birodarlaridan ajralib turadi. Mirmuhsin, Me’mor
2. Faoliyati, qarashlari, munosabatiga ko‘ra o‘zaro yaqin shaxs; hamdam, do‘st. Muribdek kishini birodar, og‘a tutinib, Avazning yorug‘ kunlari ziyoda bo‘ldi. S. Siyoyev, Avaz
3. O‘rtoq, og‘ayni (murojaatda). Birodar, Azizxon degan polvon bolani qaydan topsam bo‘ladi? S. Ahmad, Ufq
4. Birodar (erkaklar ismi).
1. O‘rtoq – do‘st – og‘ayni – oshna – jo‘ra – ulfat – birodar – hamdam – tomir Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)