Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tomir}
So‘z bo‘g‘inlari: to-mir
Izoh(lar)i:
tomir [to-mir ]

1. Odam va hayvonlar tanasida qon yoki limfa oqadigan naychasimon a’zo. To‘lagan yerga qarab jim qoldi. Uning chakka tomirlari bo‘rtdi, burnining uchi yiltiradi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. Yurak harakati natijasida qon tepishi; puls.

3. Mushaklarni suyakka biriktiruvchi puxta, elastik to‘qima; pay. [Yo‘lchi] Tomiri tortishgan odam kabi, bir lahza qotib qoldi, so‘ng qilichini mahkam ushlab, bukchayib, ohistagina yerga yiqildi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. Qarindosh, urug‘; qarindoshlik rishtasi. Yurtga dong‘i ketgan Jonaliboyga, Qizing berib, boyga tomir bo‘laylik. Po‘lkan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: o‘rtoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. O‘rtoq – do‘st – og‘ayni – oshna – jo‘ra – ulfat – birodar – hamdam – tomir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.