Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zabardast}
So‘z bo‘g‘inlari: za-bar-dast
Izoh(lar)i:
zabardast [za-bar-dast ]

1. Jismoniy jihatdan baquvvat, kuchli; qudratli. Bizning dovyurak, jasur, zabardast askarlar ikki kungacha dushmanni oldinga siljitishmadi. T. Rustamov, Mangu jasorat

2. ko‘chma Yetuk, o‘tkir, taniqli. Xullas, Pavel Ivanovich Petrovskiy maktab yaratgan zabardast olim bo‘lib, uning bilan hisoblashmaydiganlar kamdan-kam topilardi. Karomatov, Oltin qum

3. Og‘ir, katta, zalvorli. Bundan yigir-ma uch yil avval Matqovul o‘zining zabardast ketmoni bilan Saltonbuning to‘rt tanob yerini to‘rt kun deganda ag‘darib chiqdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Sinonim(lar)i: azamat [a], kuchli
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kuchli – baquvvat – zabardast
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.