Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mayda} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: may-da-la-moq
Izoh(lar)i:
mayda sf

1. 1. Bir turdagi kichik bo‘laklardan iborat bo‘lgan, yirik emas. Mayda tosh. Mayda qor. Mayda qum. Tashlandik tegirmonning chirik novidan suv mayda kumush tomchilarni sachratib, guvullab otiladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Qora qoshlari chimirildi, sadafday mayda tishlari bilan ustki labini chaynadi. S. Anorboyev, Oqsoy

2. 2. Unchalik katta bo‘lmagan; kichik mayda jonivorlar. Mayda bolalar. Traktorlar gurullab-varillab mayda daraxtlarni tag-tomiri bilan qo‘porib tashlar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. Mavqeyi, ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyati jihatdan katta o‘rin tutmaydigan. Mayda burjuaziya. Mayda savdogar. Bunaqangi mayda, xashaki boylarning puli ham mayda bo‘ladi. K. Yashin, Hamza

4. 4. Miqdor, son jihatdan kam bo‘lgan; bir necha narsa yoki kishidan iborat bo‘lgan; kichik. Mayda otryadlar. Mayda millatlar.

5. ko‘chma hma Ahamiyatsiz, qiymat jihatidan arzimas. Mayda gaplar. Mayda ishlar. Orada birmuncha mayda so‘zlar so‘zlangach, kimningdir uf deb yuborgani eshitildi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

6. 6. Tanga-chaqa va umuman yirik bo‘lmagan; kichik pul. Mayda pul. Besh so‘mga maydangiz yo‘qmi?

Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.