Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ojiz}
So‘z bo‘g‘inlari: o-jiz
Izoh(lar)i:
ojiz [o-jiz ]

1. Jismoniy jihatdan kuchsiz; zaif, bequvvat, notavon. Gulnor esa, oyoqda turishga ojiz, tinkasi qurigan bir xasta kabi, umidsizlik bilan yana sekingina o‘tirdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Biror ish qilish uchun hech qanday chora-iloj qo‘lidan kelmaydigan; ilojsiz, noiloj. Birov birovga muruvvat qilishdan ojiz bo‘lgan o‘sha zamonda Hamro ota va uning oilasiga o‘xshash insofli odamlar ham bor edi. N. Safarov, Katta karvon yo‘lda

3. Qurbi, kuchi yetmaydigan, kuchsiz. Toshkentimiz — bag‘ri keng, go‘zal shahar. Uning ta’rifiga uncha-muncha qalam ojizdir. Gazetadan

4. Bo‘sh, kuchsiz, past. U [Qumri] yarani bog‘layotgan-da, Botirali ojiz tovush bilan bir ingradi-yu, yana jimib qoldi. H. G‘ulom, Mash’al

5. Xira, kuchsiz; yorqin emas. Fonarning xira shishasidan atrofga ojizgina qizg‘ish shu’la yoyildi. H. G‘ulom, Mash’al

6. Ko‘rish qobiliyatini qisman yoki batamom yo‘qotgan; ko‘r. Ba’zan tushlik ovqat vaqti, ko‘pincha ishdan keyin, to‘rtta-beshta ko‘zi ojiz erkak-ayollar yig‘ilishib, o‘zaro gurunglashib qolishardi. Shukrullo, Saylanma

Antonim(lar)i: qudratli
Sinonim(lar)i: bechora [f-t], ko‘r , kuchsiz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Boyaqish – bechora – sho‘rlik – notavon – ojiz – aftoda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(achinish belgisining kuchliligiga ko‘ra )

2. Ko‘r – basir – so‘qir – ojiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

3. Kuchsiz – kamquvvat – zaif – nimjon – ojiz notavon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.