Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bop} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: bop-la-moq
Izoh(lar)i:
bop sf

1. 1. To‘g‘ri keladigan, talab qilingandek; juda mos keladigan, munosib. O‘ylab ko‘rsam, sarkotib odamga shundan bop sovg‘a yo‘q ekan. N. Safarov, Hayot maktabi
Tekin boylik axtarguncha O‘zingga bop hunar top. Aql aqldan quvvat oladi
Qiz yigitdan gap kutar, yigit esa u bop gap qidirar edi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. 2. Belgi-xususiyati ijobiy, talab darajasida, yaxshi. Kim minsa, shu bilar otning bopini, Sayis olar ildam otning tobini. Hasanxon

3. 3. Qo‘shma so‘zlarning ikkinchi qismida “mos“, “munosib“, to‘g‘ri keladigan ma’nolarini ifodalaydi: ommabop, dehqonbop, urug‘bop, etikbop kabi.

Antonim(lar)i: nobop [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: bob – [a] Yozma asarning qismi, bo‘lagi, fasli; davr; usul.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.