Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {esh} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: esh-moq
Izoh(lar)i:
esh fl

1. 1. 1 Aylantirib, burab, tovlab pishiq qilmoq; pishitmoq, chiyramoq; yigirmoq. Qamish eshmoq. Belbog‘ni eshib bog‘lamoq. Arqon eshmoq. Men ham tek turmasdim: paxtani chig‘iriqdan chiqarar, kalava o‘rar, paxta savar, hatto pilta ham eshib berardim. Yo. Shukurov, Qasos
Hayotxon bechora ip eshib, marvaridlarni terishga o‘tirdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. ko‘chma hma O‘rniga qo‘ymoq, o‘rinlatmoq, qoyil qilmoq, qiymoq. Gapni eshadi-da. Goho Yusuf amakim qo‘liga dutorini olardi-da, shunday eshib chalardiki, yuragimizni suv qilib yuborardi. U. Ikromov, Unutilmas xotiralar

3. ayn. Eshkak eshmoq..

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: hamroh [f-t], boplamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.