Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘xsha} - t ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: o‘x-shat-moq
Izoh(lar)i:
o‘xsha fl

1. 1. Xususiyat, xislat, tuzilish va boshqalar belgisi bilan bir xillikka (o‘xshashlikka) ega bo‘lmoq; o‘xshash bo‘lmoq. Bola otasiga o‘xshaydi. Bu suyuqlik moyga o‘xshaydi. Ular bir-biriga o‘xshamaydi. Mol egasiga o‘xshamasa, harom o‘ladi. Maqol
Chirchiq bo‘yi qishloqlaridagi uylar bir-biriga o‘xshaydi. H. G‘ulom, Mash’al
domla sochlarini bo‘yatibdilar! Azbaroyi xudo, kuya tushgan po‘stakka o‘xshaydi. A. Qahhor, To‘yda aza

2. 2. Jo‘nalish kelishigi shaklidagi so‘z bilan shu so‘z anglatgan narsa haqidagi taxminni, taxminiy tasavvurni bildiradi; bo‘lib ko‘rinmoq. Ahvoli chatoqqa o‘xshaydi. Yur, bir aylanib kelamiz, zerikkanga o‘xshaysan. Bugun kun qattiq isiydiganga o‘xshaydi. Gapiga qaraganda, xursandga o‘xshaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. s.t. .t. Ko‘ngildagidek bo‘lmoq. o‘rinlamoq. Ish uncha o‘xshamadi. Osh juda o‘xshabdi.

4. ravishdosh osh sifatdosh harakat nomi shaklida (— o‘xshab, o‘xshagan, o‘xshash) ko‘m. vzf. Qiyos, o‘xshatish munosabatlarini ifodalaydi; kabi, singari. Podadan qochgan buzoqqa o‘xshab, duch kelgan eshikka boshingni tiqaverasanmi?! Oybek, Tanlangan asarlar
Yaqinroq borib qarasa, uning boshi qiyshaygan, chekkasidan uvadaga o‘xshagan bir narsa chiqib turibdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Erlar sevingandan kulsalar, sizga o‘xshash qizlar yig‘laydilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: boplamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.