Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qiy} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: qiy-moq
Izoh(lar)i:
qiy fl

1. 1. Qaychi bilan bo‘lmoq, qismlarga ajratmoq, kesmoq, qirqmoq. Baxmalni qiymoq. Qog‘ozni qiymoq. Tunukani qiymoq. Qaychi olib, uch, enidan qiyasan. O. Qo‘chqorbekov.

2. 2. Zich, tarang tortilish, bog‘lanish va shu kabilar tufayli tana yoki a’zo ichiga botib jarohatlamoq; o‘yib kirmoq (ip, sim va shu kabilar haqida). Qo‘limni sim qiyib yubordi. Paqirlar qo‘limni qiyib yuboray dedi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

3. shv. hv. Tandan judo qilmoq, olmoq, kesmoq, chopmoq, uzib tashlamoq. Qarchig‘ayman, dushman boshin qiyaman. Alpomish

4. s. t. t. Aylanma yo‘lni qo‘yib, tikkasiga yurmoq. Burilishlarda yo‘lni qiyib o‘tmoq. Necha tog‘ning tumshug‘in Qiyib o‘tib boradi. Ravshan

5. ko‘chma s.t. .t. Ustalik bilan bajarmoq, mohirlik bilan ado qilmoq, qoyil qilmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, boplamoq. [Mashrabjon] Xushovoz yigit-a. Ashulani rosa qiyadi-da. Sh. Sa’dulla, Ikki bilaguzuk
Rosa ovozi bor ekan-da, yo‘lini ham qiyar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
Obbo Jo‘ravoy-ye, ammo-lekin gapni qiyasiz. Yolg‘onni ham rostday qilib gapirasiz. Uyg‘un, Hurriyat

6. ko‘chma kam qo‘ll. ll. Kamaytirmoq, qisman nobud qilmoq, yo‘q qilmoq. Birovning rizqini qiymoq. Saidiy bunga ishonmasa ham, Munisxonning shu harakati uning umridan katta qiydi. A. Qahhor, Sarob

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: boplamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kesmoq – qiymoq – bichmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.