Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {razil}
So‘z bo‘g‘inlari: ra-zil
Izoh(lar)i:
razil sf

1. 1. Kishini jirkantiradigan; yaramas, qabih, past, tuban. Razil odam. Razil xatti-harakat. Razil niyatlar. Odamlar razil niyatli kimsalarga ham xizmat silaverishi mumkin. E. Usmonov, Yolqin
Men insonni bir insonday sevardim, lekin Nechun ko‘pdir haligacha razil odamlar. A. Oripov, Yillar armoni

2. 2. Manfur, mal’un. Razil dushman. Razil, makkor, yaramas Gitler dastidan Vatan tahlikada qolmishdir endi. G‘. G‘ulom, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ablah – yaramas – razil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Bo‘lmag‘ur – be’ma’ni – noma’qul – nodurust – tuban – jirkanch – rasvo – yaramas – razil – qabih
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kam-ortiqligiga ko‘ra )

3. Jirkanch – qabih – razil – manfur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortiqligiga ko‘ra)

4. Yaramas – nomard – ablah – iflos – razil – badkor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.