Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nomard}
So‘z bo‘g‘inlari: no-mard
Izoh(lar)i:
nomard [no-mard ]

1. Erkak emas, mard bo‘lmagan. Ko‘zlarimga ishonmayman! Begim, bu ne hol? Nechun mardona kiyim kiyibsiz? — Nomardlar ko‘payib ketgani uchun mardona kiyindim. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. Yaxshilikni, adolat-insofni bilmaydigan, qo‘lidan tantilik kelmaydigan; noinsof, vijdonfurush. Nomard odam, shu shu, juvon ishim bitdi, eshagim loydan o‘tdi, deb unutib ketadigan nomardlardan emasmiz, deb Xo‘jabekovning oldiga kelib turadigan bo‘ldi. S. Anorboyev, Oqsoy

3. so‘k. Yaramas, ablah, nokas.

4. Yuragi yo‘q, qo‘rqoq. Mard yigit qo‘li-da ajdar o‘ladi, Nomard odam ipni ajdar biladi. Fozil shoir

Sinonim(lar)i: yaramas
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Yaramas – nomard – ablah – iflos – razil – badkor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.