1. 1. O‘z qilmishi, noo‘rin xatti-harakatidan xijolatlik hissi; nomus.
Betamizda bet bo‘lmas, Bezorida uyat bo‘lmas.
Maqol
Ko‘nglida uyg‘ongan qo‘rquvmi, uyatmi — allaqanday tushunib bo‘lmas bir tuyg‘udan rangi o‘chib ketganini o‘zi ham sezib, Anvarga zimdan qarab qo‘ydi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
[Yo‘lchi:] Andak insof, uyat kerak. Cholning mehnatda chirigan ko‘ksiga bigizni sanchavermang!
Oybek, Tanlangan asarlar
Uyatni yig‘ishtirib qo‘yib, Zamiralarnikiga telefon qildi.
O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri
2. 2. Axloq-odob, taomil talabiga to‘g‘ri kelmaydigan, unga zid ish, xatti-harakat va shu kabilar
Sanam xola ishq-muhabbatni qattiq uyat hisoblar edi.
P. Qodirov, Qora ko‘zlar
Yo o‘g‘ling sartarosh bo‘lsa, uyalasanmi? Dunyoda g‘arlik uyat, o‘g‘irlik uyat!
E. Raimov, Ajab qishloq
3. 3. Uyat bo‘ladigan, uyatli.
O‘tgan xotinga gap tashlaydi, uyat gaplarni gapiradi.
Cho‘lpon, Kecha va kunduz
Hisobchi uyat so‘z aytib, oyog‘ini ko‘tardi-yu, tepmadi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
4. 4. Uyatli ish, xatti-harakat, holat kabilarni alohida ta’kidlash, qayd etish uchun qo‘llanadi.
Duduqlanma, buyruq bajarildimi, yo‘qmi? Uyat!
I. Rahim, Chin muhabbat
Soqolingizda bitta ham qora tuk yo‘q-ku, yolg‘on gapirasiz, uyat!
Oybek, Tanlangan asarlar