Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nomus}
So‘z bo‘g‘inlari: no-mus
Izoh(lar)i:
nomus [no-mus ]

1. Kishining o‘z obro‘yini ulug‘lash va ardoqlash his-tuyg‘usi; oriyat, diyonat, vijdon. Nomusini yerga bukmoq. Nomus va g‘ayrati bor odam mehnatdan qo‘rqmaydi. Nodon bilan yurma, Nomusingni bukma. Maqol

2. Xijolat tortish his-tuyg‘usi; uyat-andisha, sharm, hayo, or. Hayitjon otasi bechora bo‘lsa, qancha vaqt el-xalqdan nomus qilganidan, allaqanday shaharlarga badarg‘a bo‘lib, yaqinda keldi. Hamza, Paranji sirlari

3. Qiz pokligi, bokiralik, iffat, qizlik. Agar it tegmagan bo‘lsa, pokman, nomusim joyida desang, kel, beri kel. M. Mansurov, Yombi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: uyat , vijdon [a], or [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Nutqimizda ishlatiladigan barcha so‘zlar mustaqil lug‘aviy ma’no anglatmaydi. Atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘z mustaqil lug‘aviy ma’noli, atash ma’nosiga ega bo‘lmaydigan so‘zlar nomustaqil ma’noli so‘z deyiladi. Mustaqil so‘zdan olmosh, alohida olingan so‘zdan undov, modal va taqlid atash ma’nosiga ega emasligi bilan xarakterlanadi.

1. nomusi bukildi: sharmanda bo‘ldi

2. yetti nomusini yerga bukmoq: sharmanda qildi

1. Nomusli – hayoli – oriyatli – andishali – iboli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

2. Or – nomus – g‘urur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgisinig bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.