Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oriyat}
So‘z bo‘g‘inlari: o-ri-yat
Izoh(lar)i:
oriyat ot

1. Or-nomus; izzati nafs. Oriyating bo‘lsa, sen ham dalaga chiq, kuchingni ketmonda ko‘rsat, men seni mard bilay. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
Yosh emasmi, birdan uning oriyati qo‘zg‘aldi, Shartta pastga tushdi u ham, U ham yayov yo‘l oldi. A. Oripov, Yillar armoni

2. Uyat, sharm; or. Boylar yetimchani cho‘ri qilishgani ham oriyat qiladi. P. Tursun, O‘qituvchi

3. sft. esk. sk. Asli o‘ziniki bo‘lmagan, birovdan vaqtincha so‘rab olingan. Oriyat tun. ▬ Masalan, Sarimsoq, unga yerni hukumat bergan. Oriyat yer. A. Qahhor, Sarob

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: uyat
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Nomusli – hayoli – oriyatli – andishali – iboli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.