Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hayo}
So‘z bo‘g‘inlari: ha-yo
Izoh(lar)i:
hayo ot

1. Nojo‘ya, noma’qul xatti-harakatdan tiyilish hissi; uyat, sharm. Vafosizda hayo yo‘q, Hayosizda vafo yo‘q. Maqol
Hayo — insonning eng oliyjanob fazilati, uning ko‘rki, bezagi. S. Karomatov, Vobkentlik oshiq
Odamda or-nomus, hayo bo‘lishi kerak, Jo‘raxon! Axir eringiz bor-a! M.Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: uyat
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Foyda – naf – manfaat – sud – hayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Nomusli – hayoli – oriyatli – andishali – iboli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

3. Turmush – hayot – tirikchilik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.