1. Ko‘zlangan ish, maqsad va shu kabilar yo‘lidagi o‘y-fikr, xatti-harakat; bezovtalik, taraddud.
Har bir kunning o‘ziga xos ishi va tashvishi bordir.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
2. Baxtsizlik, judolik va shu kabilar tufayli yuz beradigan his-tuyg‘u; g‘am, qayg‘u.
Tashvish tortmoq (chekmoq). Boshiga (ko‘ngliga) tashvish tushdi. O‘ylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish.
Maqol
3. Notinchlik, azob-qiynoq beradigan narsa-hodisa va shu tufayli yuzaga keladigan holat; kulfat, savdo.
Yosh olimning musofirchilikda boshidan kechirgan kulfatlari bu tashvishlar oldida hech gap emasdi.
M. Osim, Jayxun ustida bulutlar