Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {g‘am}
So‘z bo‘g‘inlari: g‘am
Izoh(lar)i:
g‘am [g‘am ]

1. Ruhiy azob his-tuyg‘usi, ruhiyatdagi shunday holat; qayg‘u. Azizxon qachonlardan beri dilini ezib yotgan g‘amdan qutulgandek, yengil yurib, katta yo‘ldan ketmoqda edi. S. Ahmad, Ufq

2. Ko‘zlangan maqsad, ish va shu kabilar yo‘lidagi bezovtalik xatti-harakati, shu haqidagi o‘y-xayol; tashvish. Mening hech narsadan g‘amim yo‘q.◆Bo‘taboy Samandarovni turtib, sekin shivirladi: — Nega o‘rtoq Safarovga kartoshka., g‘ami tushib qoldi? A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. g‘am yedi: kuyinib qayg‘urdi

2. g‘amini yedi: 1) g‘amxo‘rlik qildi 2)ilgaridan o‘ylab, hozirlik qilib qo‘ydi

3. ko‘z ilg‘amas I: bilinar-bilinmas, mayda

4. ko‘z ilg‘amas II: cheksiz, poyoni ko‘rinmaydigan

5. ko‘z ilg‘amaydi: poyoni ko‘rinmaydi

6. ko‘zi ilg‘amaydi: kichik, sezilar-sezilmas bo‘lgani uchun ko‘ra olmaslik

1. G‘am – tashvish – qayg‘u – kulfat – musibat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. G‘amgin – qayg‘uli – hazin – hasratli – mungli – mahzun – g‘amnok
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

3. Hamdard – dardkash – g‘amxo‘r
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

4. Xira – shilqim – yelim – sulloh – g‘amboda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchli-kuchsizligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.