Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sho‘r}
So‘z bo‘g‘inlari: sho‘r
Izoh(lar)i:
sho‘r [sho‘r ]

1. Toley past, baxtsiz, bechora; sho‘rlik. Qozi, mufti — bari boyning chokari, Kambag‘al sho‘r azaldan xizmatkori. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li

1. Me’yoridan ortiq tuz solingan, ta’mi o‘t-kir (ovqat, taom haqida). Sho‘r ovqat. Palovni sho‘r qilib qo‘ymoq. Achchiq-chuchukni sho‘r qilib yubormoq.◆[Qodirjon:] Hali osh vaqtida, oshning tuzini past qilib qo‘yib-san yoki sho‘r qilib qo‘yibsan, deb bahona qilaman-da, katta janjal chiqaraman. Hamza, Tuhmatchilar jazosi

2. Tuzlangan. Sho‘r baliq. Sho‘r karam.

2. Azob-uqubat, kulfat; baxtsizlik. Xudo bandasini yaratganda, peshonasiga chorakor bo‘lasan, deb yozmasin E-ha, kambag‘alning sho‘rini asti so‘ramang. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. “Endi nima qilaman“, Bu qanday kulfat kabi ma’nolarni ifodalaydi. Voy sho‘rim, qo‘lingga nima qildi? S. Zunnunova, Gulxan

3. Tarkibida tuz moddasi ko‘p bo‘lgan, sho‘r bosgan. Sho‘r dengiz. Sho‘r ko‘l. Sho‘r tuproq. Sho‘r suv.◆Ayniqsa, erta bahorda boronalash sho‘r yerlarda katta foyda beradi. Gazetadan

4. Tuproq tarkibida tuzning ko‘pligidan yer betida hosil bo‘lgan tuz moddasi. Yerning sho‘rini yuvmoq.◆Yerda hali sho‘r ko‘p. Sotiboldi otam ham mening fikrimni tasdiqlayaptilar. N. Safarov, Xadicha Ahrorova

4. Qismati yomon, iqboli past, baxtsiz Ota-sining achchiq hikoyasini eshitgan Polvon bilan Bekjon o‘z peshonalarining sho‘r ekaniga achindilar. J. Sharipov, Xorazm

5. Baxtsizlikka yo‘liqdi, xarob bo‘ldi. Hech kim uning so‘zini qaytarmadi, qaytara olmaydi-da. Nega desangiz, kim uning aytganini qilmasa, sho‘ri quriydi deyavering. A. Muhiddin, Xarakteristika

5. Terning ust-boshga tepishidan kiyimda hosil bo‘ladigan tuz, oq dog‘. Erta-yu kech tosh maydalab yelkalarini bir ellik sho‘r bosgan yigitlar [darvishga:] Yo‘lingdan qol-ma! deyishibdi. S. Anorboyev, Oqsoy

6. Xalq tabobatida: og‘riqni yoki shishni qaytarish uchun namakobga botirib ishlatiladigan paxta. Uch-to‘rt [marta] oyog‘imga sho‘r paxta bog‘lab, uyda yotdim. S. Siyoyev, Yorug‘lik

6. Ahvoliga voy, holi xarob. — Ulusning sho‘ri qursin! — dedi Tohir. — Kasofat podsholar urishmay turolmasa. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

7. Baxtsizlikka yo‘liqmoq, ishi, ahvoli yomon bo‘lmoq. — Siz qayerda bo‘lsangiz, biz ham o‘sha yerda bo‘lamiz. Oftobda sherikchilikda qatiq ichgan odamlar oxirigacha birga bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa, sho‘rimizga sho‘rva to‘kiladi, — dedi Odil Egamberdiga. B. Rahmonov, Yurak sirlari

8. Bechora, sho‘rlik. [G‘ofir domlaga:] Axir bu duolar, rivoyatlar niqobiga yashiringan zulmdan, jafolardan biz sho‘ring qurg‘urlar kimga dod deymiz? Kimga?! Hamza, Boy ila xizmatchi

9. Baxtsizlikka duchor qilmoq, xarob yoki rasvo qilmoq. Bir sartarosh yigit o‘zini, muallimman, falon maktabda dars beraman, deb guldek Karimaning sho‘rini quritgani haqiqat-ku! Mirmuhsin, Umid

Antonim(lar)i: tuzsiz
Sinonim(lar)i: tashvish [a]

1. sho‘r I Ot
tolei past; tashvish, baxtsizlik

2. sho‘r II Sifat
tuzli, tuzi ko‘p

Paronimi: shuur – [a] Ong, tushuncha.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Boyaqish – bechora – sho‘rlik – notavon – ojiz – aftoda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(achinish belgisining kuchliligiga ko‘ra )

2. Tuzsiz – chuchmal – rosa – sho‘r
Ma’nosiga ko‘ra
(maza-ta’mning me’yordan ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.