1. Boshga tushgan ruhiy azob; g‘am, musibat. Og‘ir qayg‘u. Chuqur qayg‘u. Qayg‘u tortmoq.◆Jo‘raxonning nobud bo‘lishi yurt qayg‘usiga aylandi. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi.
2. Ko‘zlangan maqsad yo‘lidagi bezovtalik xatti-harakati, o‘y-fikr; tashvish, g‘am. Echkiga — jon qayg‘usi, qassobga — moy qayg‘usi.Maqol◆Yigitlar o‘z istiqbollari qayg‘usida yangi bino, yangi ro‘zg‘or tuzaydilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
1. G‘am – tashvish – qayg‘u – kulfat – musibat Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)
2. G‘amgin – qayg‘uli – hazin – hasratli – mungli – mahzun – g‘amnok Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)