Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {taraddud}
So‘z bo‘g‘inlari: ta-rad-dud
Izoh(lar)i:
taraddud [ta-rad-dud ]

1. Biror ishni, maqsadni amalga oshirish uchun ko‘riladigan tayyorlik, bajariladigan xatti-harakat. Har ikki tomon ham shu bugundan boshlab to‘y taraddudini ko‘radigan bo‘ldilar. P. Tursun, O‘qituvchi

2. Umuman, biror ish, narsani tayyorlash, amalga oshirish harakati. Sharq ufqida quyoshning oltin barkashi tepaga ko‘tarilganda, okoplarda frontcha nonushta taraddudi bosh-landi. B. Imomov, Hormang, quroldoshlarim

3. Qat’iyatsizlik, ikkilanish holati; shunday holatda surilgan o‘y, fikr-xayol, tashvish, mulohaza. Uning endigi taraddudi uchrashish yoki uchrashmaslik borasida emas, Ra’noning oldiga ochiqcha borishmi, yashirinchami to‘g‘risida edi. A.Qodiriy, Mehrobdan chayon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tashvish [a], tayyorgarlik
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.