Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sezgir}
So‘z bo‘g‘inlari: sez-gir
Izoh(lar)i:
sezgir sf

1. 1. Sezish qobiliyati kuchli, tashqi ta’sirni tez sezadigan. Sezgir qiz. U [Tojiboy] endi tulkidek ayyor, bo‘ridek sezgir bo‘lib qolgan edi. P. Tursun, O‘qituvchi
Ibodov yumshoq supurgi bo‘lsa-da, tabiatan sezgir, ziyrak odam edi. F. Musajonov, Himmat

2. 2. Tez fahmlab oladigan; ziyrak, hushyor; fahm-farosatli. Boshliqning xushmuomala, madaniyatli bo‘lgani yaxshi-yu, qani endi u yana sezgirroq, g‘amxo‘rroq ham bo‘lsa. F. Musajonov, Himmat
San’atkorning ichki dunyosi, murakkab ijodiy shaxsiyati alohida sezgir bo‘ladi, hayotni tushunish bilan o‘tkirlashgandir. Gazetadan

3. 3. Eng kichik o‘zgarishlarni ham qayd etadigan. Sezgir tarozi. Chuqur quduqlarga va yer yuziga o‘rnatilgan sezgir asboblar qattiq yer po‘stlog‘ida mikroskopik darzlar hosil bo‘ladigan paytni payqaydi. Gazetadan
Adabiyotni haqli ravishda eng sezgir barometrga qiyos etishadi. O‘TA

Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Sezgir – ziyrak – tuyg‘un – hushyor – sergak – tiyrak
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.