1. Bir yerda tinch turmaydigan, g‘ayrati ichiga sig‘maydigan; serharakat (asosan yoshlarga nisbatan qo‘llanadi). Tiyrak bir bola armiyadan kecha qaytgan mezbonning yoniga o‘tirib, medalni havas bilan tomosha qila boshladi. N. Safarov, Toshga bitilgan xat
2. Bardam, tetik, baquvvat. Saksonlardan o‘tgan, lekin tiyrak chol. Gazetadan
3. Ziyrak, hushyor. Otasi o‘ylanib qoldi: har narsani bilishga qiziquvchan, tiyrak qizimga nima desam ekan ? Y.Muqimov, Ipak tolasi
1. tiyrak tortmoq: Tetiklanmoq, jonlanmoq, kuch-quvvat olmoq
1. Sezgir – ziyrak – tuyg‘un – hushyor – sergak – tiyrak Bo‘yog‘iga ko‘ra ( belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)