1. 1. Tez, darhol sezadigan; sezgir, ziyrak. Sergak soqchi. Sergak bo‘lmoq. Sergak tortmoq. ▬ Kiyikdek sergag-u hush-yor chavandoz Qadam qo‘yganda tog‘lar qilgan ovoz. Habibiy Malohat ham sergak o‘tirar, ikki qulog‘i munozarada edi. S. Nurov, Narvon
2. 2. Tez fahmlaydigan; zehni o‘tkir; farosatli. Sergak o‘quvchi. ▬ Ko‘ngil qo‘ygan yigiting sergak bo‘la qolsa, dilingdagini tushunib, gapingga monand javob qilsa R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
3. 3. Uyg‘oq; uxlagan emas. Mahkam yoniga ag‘darilib yotdi va ko‘zini yumdi. Lekin butun vujudi sergak edi. P. Qodirov, Uch ildiz — Darhol darvozalar yaqinidagi mahallalarga xabar qil, uxlamasinlar, sergak bo‘lib tursinlar! — dedi Temirtosh. Yoshlik
1. Sezgir – ziyrak – tuyg‘un – hushyor – sergak – tiyrak Bo‘yog‘iga ko‘ra ( belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)