1. 1. Sharoit, holatni, narsa-hodisaning mohiyatini tez anglash qobiliyatiga ega; shunday qobiliyat, idrok bilan ish tutadigan; ziyrak.
Hakimboyvachchadek hushyor yigit qayda? Boylarimizning bari hushyor. Aqli bo‘lgani uchun boy bo‘lganda.
Oybek, Tanlangan asarlar
U suv to‘ldirib qo‘yilgan qumg‘on tagiga olov yoqdi. Hushyor shogirdlari hatto tutantiriq ham tayyorlab qo‘yishgan ekan.
Mirmuhsin, Me’mor
2. 2. Tevarak-atrofga, yon-veridagi hodisalarga sezgirlik bilan ko‘z-quloq bo‘lib turuvchi; sergak.
Chegarada hushyor turadi posbon, Begona biror xas uchib o‘tolmas.
R. Bobojon
Hushyor turib, adashmay, Har shar-pani sezaman.
Uyg‘un
3. 3. Es-hushi joyida, hushini yo‘qotmagan (asosan, ichkilik, kayf ta’sirida emaslikni bildiradi).
Alimardon qancha may ichganining hisobiga yetmadi Hushyor paytlarida u o‘zining ahvolini o‘ylab ko‘rar, nazarida, dahshatli tush ko‘rayotganga o‘xshab ketar edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Abdishukurning kayfi baland bo‘lsa-da, hushi hali o‘zida, mumkin qadar o‘zini hushyor tutishga tirishadi.
Oybek, Tanlangan asarlar