Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ziyrak}
So‘z bo‘g‘inlari: ziy-rak
Izoh(lar)i:
ziyrak ot

1. Tez fahmlaydigan, fahmi tez, sezgir. Keksalik toshi, g‘am yuki ostida qaddi bukchaygan bu ziyrak chol ayollarning ahvoli ruhiyasini sezdi, angladi. H. G‘ulom, Mash’al
Tillaxon yoshligidanoq chaqqon, zehnli, ziyrak qiz edi. J. Seytnazarov, Tillaxonning quvonchi
Ziyrak degan so‘z nima-yu, Anqov degan nimadir? Bu so‘zlarning ma’nosini, Ayting-chi, kim biladi? Q. Muhammadiy, Ziyrak va anqov

Sinonim(lar)i: sezgir
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: siyrak Qalin emas; onda-sonda, kam; orasi ochiq-ochiq; bittadan joylashgan.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Sezgir – ziyrak – tuyg‘un – hushyor – sergak – tiyrak
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.