1. 1. Yechilishi, bajarilishi jihatdan uncha qiyin, murakkab bo‘lmagan, uncha ko‘p mehnat, kuch yoki bilim talab qilmaydigan, sodda.
Oson masala. Oson vazifa. Oson ish.
▬
Bu yoqning toshi u yoqniki singari qattiq, yaxlit emas, juda bo‘sh, g‘o‘rasha edi. Shuning uchun toshlar oson ko‘chib, oson yiqildi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. 2. Qiyin emas; jo‘n, yengil.
Tilangandan tilingan oson.
Maqol
Kasalning kelishi oson, ketishi qiyin.
Maqol
Gipertoniya xastaligi kishining karligi oqibatida ham kelib chiqishi mumkin bo‘lib, kasallikning bu turi ancha oson o‘tadi.
Saodat