Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {og‘ir}
So‘z bo‘g‘inlari: o-g‘ir
Izoh(lar)i:
og‘ir [o-g‘ir ]

1. Vazni katta bo‘lgan, tosh bosadigan; vaznli, vazmin. Boyvachcha kavakchadan cho‘p tiqib, zanjirni tushirdi, kattagina og‘ir darvoza g‘urr etib ochildi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Ko‘p kuch yoki bilim talab qiladigan; qiyin, murakkab; mashaqqatli, sermashaqqat. Bu savol avvalgi ikkita savoldan og‘irroq edi. S. Ahmad, Ufq

3. Mushkul; mas’uliyatli. Yil og‘ir keldi-yu, brigadir shiyponda tunab qoladigan bo‘ldi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

4. Salmoqli, salobatli. Bunisini qo‘yavering, qori, xudo ishingizni o‘nglasa, hech gap emas, gard yuqtirmay chiqib ketasiz, — deyar edi og‘ir, salmoqli tovush. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

5. Sekin, shoshmasdan qilingan; bosiq, vazmin. G‘ulomjon boshini og‘ir ko‘tarib, usta Bahromga qaradi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

6. O‘zini tuta biladigan; sipo, vazmin, bosiq. Kamtar va kamsuxan, go‘zal Iskandar quloq solib, jiddiy va og‘ir o‘tirardi. Oybek, Nur qidirib

7. Muayyan me’yori buzilgan, me’yorga, talabga javob bermaydigan. Xonaning havosi og‘ir: chang, ovqat, tamaki hidlari bir-biriga aralashib-quralashib ketgandi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

8. Yomon oqibatlarga olib borishi mumkin bo‘lgan; jiddiy, xavfli. Otasi og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

9. ashvish, iqtisodiy muammo. Ham ishlab, ham o‘qiyman, akamga og‘irim tushmasin. Yoshlik

10. Mashaqqatli, uqubatli, azobli; murakkab, mushkul. Otamurod uzoqdan bo‘lsa-da, sezdi: boshliq og‘ir ahvolda qolibdi. M. Mansurov, Yombi

11. Og‘ir gunoh, Og‘ir jinoyat Qattiq jazolashni talab qiladigan, juda katta.

12. Notinch, tashvishli, hayajonli. Cholning yurak yaralarini ochishda o‘zini aybli sanagan Yo‘lchining ko‘kragi og‘ir tuyg‘ular bilan to‘ldi. Oybek, Tanlangan asarlar

13. Qattiq tegadigan, xafa qiladigan, ko‘ngilsiz; malolli. Qambar birdan kulib yubordi. Uning kulishi Yo‘lchiga og‘ir tegdi. Oybek, Tanlangan asarlar

14. Haddan ziyod, kishi bardosh berolmaydigan; qattiq. Endi bildim, oshiqlik og‘ir dard ekan. Boshimga tushganda bildim, — dedi . P. Tursun, O‘qituvchi

15. Qahraton, sovuq, tashvishli. Voha rahbari savolni kutmagan ekan, dabdurustdan dovdirab qoldi, so‘ng shoshib: — To‘g‘ri, ustod, bu yil ancha og‘ir qish bo‘ldi — dedi. M. M. Do‘st, Lolazor.

16. Kuch keladigan, qiyin; dardli. Qizil qoniga bo‘yalgan qahramon pulemyotchi og‘ir nafas olmoqda edi. N. Safarov, Qahramonning tug‘ilishi

17. Mungli, g‘amgin, qayg‘uli; salmoqli, vazmin. Og‘ir, yurakni ezuvchi kuy shamollar qanotida u yoqdan bu yoqqa suzib yuribdi. S. Ahmad, Ufq

Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. og‘ir oyoq: homilador

1. Og‘ir – vazmin – zil – zalvorli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Qiyin – mushkul – mahol – og‘ir mashaqqatli – sermashaqqat – amrimahol – dushvor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.