Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tez}
So‘z bo‘g‘inlari: tez
Izoh(lar)i:
tez sf

1. 1. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan, oz (qisqa) vaqt ichida; darrov, tezda. Majlis tez tugadi. Bola o‘qish-yozishni tez o‘rgandi. Voqealar tez rivojlanmoqda. Shoshmasang, tez yetarsan, shoshgandan o‘zib ketarsan. Maqol
Bordi-yu, ko‘klam seryomg‘ir kelgudek bo‘lsa, yer tez yetilmaydi, ekin kechikib ketadi. N. Safarov, Xadicha Ahrorova
Havo ayniyapti, ukajon. Bunaqa havoda cho‘qqiga chiqish xavfli, Tog‘da qorong‘i tez tushadi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

2. 2. Darhol, shu topda, shu on, zudlik bilan. Naq peshin vaqtida Yormat choy-non olib keldi, ularni yerga qo‘ymasdan, Yo‘lchini koyidi: — Tez chiqing-ye kunning issig‘ini sezasizmi?! Oybek, Tanlangan asarlar
Qudrat tez javob aytolmadi. Singlisini, shu bilan birga o‘zini ham yupatish uchun bahona axtardi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Boy tez fahmladi-da: — Shundaymi, jiyan, — deb kuldi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Me’yordagiga nisbatan oldinroq, ilgariroq. Bola otasining so‘zlaridagi ma’noni durust tushunmagani uchun bunchalik tez va oson xo‘p dedi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Sidiqjonning onasi Xadicha xola umrini xorlik-zorlik tortib o‘tkazgan hamma kishilarday tez qarigan A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. 4. Katta sur’at bilan, shaxdam, jadal. Tez ishlamoq. Tez yurmoq. Tez o‘qimoq. U Dilbarga yetib olish uchunmi yoki qattiq hayajonga tushganidanmi — Soy uncha katta bo‘lmasa ham, nihoyatda tez oqar, qulq-qulq etgan tovushlar suv ostida katta-katta toshlar yumalayotganini bildirib turar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Yillar shu qadar tez o‘tardiki, ha-huv deguncha u oltmishdan oshib, payg‘ambar yoshiga yaqinlashmoqda Mirmuhsin, Me’mor
tez qadam tashlay boshladi. Guldasta

5. sft. ft. Darrov achchig‘lanib, qizishib ketadigan, serjahl, jizzaki. Juda tezsiz-da, Ahmadjon, berdisini eshitmay bo‘g‘asiz-a! S. Karomatov, Hijron
E men bu ishga aralashmas edim, bu yigitning o‘zi tezroq. N. Safarov, Uyg‘onish

6. s. t. t. Juda tez ishlaydigan, tezkor. Juda tez usta.

Antonim(lar)i: asta , ohista [f-t], sekin , sust [f-t]
Sinonim(lar)i: oson [f-t], darrov [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. yashin (yoki chaqmoq) tezligida: Juda tez, ko‘z ochib yumguncha

1. Darrov – darhol – tez – tezda – birpasda – bir zumda – bir lahzada – zumda – lahzada
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Tezlashmoq – jadallashmoq – ildamlashmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.