Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘ng‘ay}
So‘z bo‘g‘inlari: o‘n-g‘ay
Izoh(lar)i:
o‘ng‘ay sf

1. 1. Biror jihatdan mos keladigan, foydalanish uchun qulay, bop, yaxshi. Yayov yurish uchun bu yo‘l juda o‘ng‘ay. U sersoqol, tund rus jangchisi yaqinida o‘ziga o‘ng‘ay o‘rin tanlab, pisib yotdi. Oybek, Quyosh qoraymas
Keyin [Nuri] bir necha kun o‘ylab, Yo‘lchi bilan maxfiy uchrashuvga qaror qildi. Bu orzu kundan-kunga kuchaysa ham, o‘ng‘ay fursatni kutdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Oson bajariladigan; oson, yengil. Begonaning qoniga qo‘l urib, yarasiga malham bo‘lish, uning azob chekayotgan yuz-ko‘ziga qarash o‘ng‘ay ishmi! Shuhrat, Shinelli yillar
Kishining dilini bilish o‘ng‘ay emas man g‘aribga yo‘l ko‘rsating [dedi Yormat] Oybek, Tanlangan asarlar
[ Navoiy:] Yodgorning poytaxtga tez va o‘ng‘ay kirganligi g‘oyat taajjub. Uyg‘un va I. Sulton, Alisher Navoiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: oson [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.