Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qiyin}
So‘z bo‘g‘inlari: qi-yin
Izoh(lar)i:
qiyin sf

1. zid. id. Qiyinchilik bilan amalga oshadigan, ko‘p kuch, mehnat va shu kabilar talab qiladigan; sermashaqqat, mashaqqatli; oson. Qiyin ish. Qiyin masala. Qiyin vazifa. Sanat turlarining ichida eng qiyini — rassomchilik. F. Musajonov, Himmat
Mulla Fazliddin yosh podshohning amri bilan Buratog‘ning chiqish qiyin bo‘lgan xush-manzara bir qoyatoshi ustiga kichkina hujra qurgan. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. 2. Og‘irchilik, qiyinchilik bilan bog‘liq bo‘lgan; og‘ir, mushkul. Qiyin sharoit. Qiyin ahvol. Qarab o‘tirsak —uyat bo‘ladi, xalq qiyin kunimda asqatmadi, deydi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Musofirchilik qiyin, bola-chaqani sog‘inadi kishi. Oybek, Tanlangan asarlar
— Bola faqirga qiyin bo‘ldi, — dedi Jonuzoq oqsoqol Oysuluv suzib kelgan ovqatni yeyayotib. S. Anorboyev, Oqsoy

3. kesim vzf. zf. Mahol, amrimahol. U Qorong‘ida kim ekanini bilish qiyin. Kasalning kelishi oson, ketishi qiyin. Maqol
zamonda, o‘g‘lim, bizga o‘xshagan odamlarning to‘rt tanga orttirishi qiyin edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Buning ustiga, suyagi mehnatda qotgan ayolning nozik qomat, xipcha bel bo‘lishi qiyin albatta. M. Xayrullayev, Tilla marjon
Duduq odamning gapirishi qiyin, ammo uning gapini tushunish undan ham qiyin. F. Musajonov, Himmat

4. kam qo‘ll. ayn. yn. Qiyinchilik. Qizniki qiyin bilan bitar, O‘g‘ilniki o‘yin bilan bitar. Maqol

Antonim(lar)i: yengil , dushvor [f-t], oson [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qiyin – mushkul – mahol – og‘ir mashaqqatli – sermashaqqat – amrimahol – dushvor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.