1. Ibtidoiy odam. Fikrlash, so‘zlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, shu tufayli boshqa hamma maxluqotdan ustun turuvchi jonli zot; kishi, inson.
2. Kishilik jamiyatining ayrim bir a’zosi, shaxs.
Bizning Nabigul odam emas-e o‘zi! Yosh-da, hali oshna-og‘aynigarchilikni bilmaydi.
A. Qahhor, Qanotsiz chittak
3. Jamoa xo‘jaligi, oila a’zolarining har biri; jon.
Odam boshiga besh so‘mdan. Xarajat va daromadlarni odamga qarab taqsimlamoq.◆Hasharga har bir xo‘jalik qirqtadan odam beradi.
T. Ashurov, Oq ot
4. Biror boy-badavlat yoki amaldor kishining xizmatkori yoki tarafdori.
Bundan keyin gaplarimni uqib oling, modomiki men bilan birgasiz, mening odamimsiz, har bir ishni men bilan bahamjihat qiling.
Oybek, Tanlangan asarlar
5. O‘zga jamoa yoki oila vakili.
Lekin qizlaridan yashirincha kuyovnikidan odam kelib qolar, deb kutdilar.
S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar