Shaxs-son shakli – harakat bajaruvchisini bildirib, mustaqil so‘zlarni kesim vazifasiga xoslovchi, kesimni ega bilan bog‘lovchi shakl. So‘zlarning shaxs va sonda o‘zgarishi tuslanish, shaxs-son shakli esa zamon, mayl shakllari bilan birga tuslovchi shakllar deyiladi. Shaxs-son shakli asosga zamon shaklidan so‘ng qo‘shiladi.
Hozirgi o‘zbek tilida shaxs-son ko‘rsatkichining 4 ta guruhi mavjud:
1) birinchi (-man, -san, nol shakl yoki -di/ti, -miz, -siz(lar) guruh -(lar) -yap, -yotir, -moqda, -gan/kan/qan, -i)b, -a/y, -moqchiko‘rsatkichidan keyin qo‘shiladi:
Men
|
bor gan
|
man
|
boryap
|
man
|
bora
|
man
|
Sen
|
san
|
san
|
san
|
U
|
—
|
ti
|
di
|
Biz
|
miz
|
miz
|
miz
|
Siz
|
siz
|
siz
|
siz
|
Ular
|
di
|
ti
|
di
|
2) ikkinchi (-m, -ng, -k, -ngiz, -(lar)) guruh-di, edi, -sa ko‘rsatkichidan keyin qo‘shiladi:
Men
|
bordi
|
|
m
|
bor gan edi
|
m
|
bor sa
|
m
|
Sen
|
ng
|
ng
|
ng
|
U
|
—
|
—
|
—
|
Biz
|
k
|
k
|
k
|
Siz
|
ngiz
|
ngiz
|
ngiz
|
Ular
|
(lar)
|
(lar)
|
(lar)
|
3) uchinchi (-im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, (-lar)i)guruh o‘tgan va hozirgi zamon ko‘rsatkichi bilan yo‘q so‘zi orasida bo‘ladi:
Men
|
borgan
|
im
|
bor ayotgan
|
im
|
yo‘q
|
Sen
|
ing
|
ing
|
U
|
i
|
i
|
Biz
|
imiz
|
imiz
|
Siz
|
ingiz
|
ingiz
|
Ular
|
(lar)i
|
(lar)i
|
Shaxs-son qo‘shimchasining uchinchi guruhi kelasi zamonning she’riy uslubga xos -gu/ku/qu va fe’l modal shaklidan biri bo‘lgan -gi/ki/qi (kel) ko‘rsatkichidan keyin ham qo‘shiladi: men borgum, borgim keldi, sen borgung, borging keldi va hokazo.
4)to‘rtinchi guruh buyruq-istak mayli bilan birga voqelanadi: bor, boring, borsin, boray, boraylik kabi.
Shaxs-son shaklikesim vazifasida kelgan fe’ldan boshqa mustaqil so‘zga ham qo‘shiladi: ishchiman, a’lochisiz, birinchiman, menman, sensankabi.
Uslubiy belgilari.Shaxs-son shakllari nutqiy qurshov ta’sirida turli ko‘chma ma’noda ham qo‘llanadi.
Son ko‘chishi:
1) birlik o‘rnida ko‘plik: Biz ko‘rganmiz (Men ko‘rganman), Ayam keldilar (U keldi). Dada, boring (bor);
2) ko‘plik o‘rnida birlik: Senlar bilmaysan (Siz bilmaysizlar). Ular keldi (Ular keldilar).
Shaxs ko‘chishi:
3) II shaxs o‘rnida I shaxs: Qani, bolalar, yozamiz.
4) II shaxs o‘rnida III shaxs: Anvar yugurib borib Ahmadjonning yoqasidan oldi: – Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi, odam.
5) I shaxs o‘rnida III shaxs: Bu borada kamina uzr so‘raydi. Nasriddin afandi asli G‘irvondan chiqmaganmikan, deb o‘ylanib qoladi kishi.