1. 1. Umuman odam, shaxs, zot.
Qisqasi, ilgaridan oddiy bir tengdoshdek bo‘lib kelgan bir qiz endi Elmurod uchun sirli bir kimsaga aylanib borar edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Bu noma’lum kimsa oyoq uchi bilan yurib keldi-da, mo‘ralab ayvonga qaradi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. kam qo‘ll. ll. Hech kim, hech zot.
Go‘yo kimsa hol so‘rmas mendan, Jo‘ralarim so‘ramaslar hol.
Rauf Parfi
Non sotib olay desa, bozor yo‘q, tortib olay desa, kimsa yo‘q.
I. Rahim, Chin muhabbat